"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisiga qiziqmoqda

  • 20.12.2025 13:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" kelasi yozda himoyani kuchaytirish maqsadadi bir nechta futbolchilarni kuzatib bormoqda. 

Kataloniya klubi "Inter" a’zosi Allesandro Bastoniga qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar chiqqandi. Insayder Fernando Polo ushbu ro‘yxatda "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol ham borligini ta’kidladi. 

Real Madrid CF v Manchester City - UEFA Champions League 2025/2026

Xorvatiyalik fulbek 2023 yili "Leyptsig"dan "shaharliklar" tarkibiga ko‘chib o‘tgan. Ushbu transfer uchun esa Manchester klubi 90 million evro to‘lagan. Futbolchi jamoaning asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, Gvardiol ushbu mavsum "Manchester Siti" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!