
"Barselona" "Manchester Siti" yarim himoyachisining javobini kutmoqda
“Barselona” hali ham “Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogandan javob kutmoqda, u yozda Xavi Ernandes jamoasiga tekinga o‘tishi mumkin.
Taniqli insayder Sergi Solening yozishicha, germaniyalik futbolchi hozirda bor etiborini "Manchester Siti"dagi barcha sovrinlar uchun kurashga qaratgan. "Shaharliklar"da premer-liga, Chempionlar ligasi va Angliya kubogida g‘alaba qozonish imkoniyatlar saqlanib qolishdi. Agar Xosep Gvardiola jamoasi tez orada Chempionlar ligasi finaliga chiqsa, bu Gyundoganning qarorini uzoqroq muddatga kechiktiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilkay "Barselona"ga o‘tishga qarshi emasligi, biroq ayni paytda "Manchester Siti"da qolishni o‘ylaayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar