“Barselona” mashhur futbolchisini “qurbon” qiladigan bo‘ldi

  • 28 iyul, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” nishondagi futbolchilar – Niko Uilyams va Daniel Olmo transferiga pul jamg‘arish maqsadida jamoaning eng mashhur o‘yinchilaridan Ilkan Gyundog‘anni sotib yuboradigan bo‘ldi.

Sport.es nashrining yozishicha, Gyundog‘an transferidan keladigan mablag‘ yangi o‘yinchilarni olishga yo‘naltiriladi.

“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik tez orada germaniyalik yarim himoyachi bilan uchrashuv o‘tkazib, Ilkayning jamoadagi o‘rni va futbolchi bo‘yicha rejalari haqida gaplashib olmoqchi.

Ayni paytda Gyundog‘anga Qatarning “As-Sadd” klubidan aniq taklif bor.

Gyundog‘an “Manchester Siti”dagi muvaffaqiyatli faoliyatini yakunlaganidan keyin o‘tgan yili yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandi. Germaniyalik futbolchi Ispaniyadagi debyut mavsumida 51 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!