Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barselona" misrlik futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

"Barselona" Misrning "Al-Ahli" klubi markaziy hujumchisi Hamza Abdulkarimni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Kataloniyaning "Barselona" klubi Misrning "Al-Ahli" klubi futbolchisi Hamza Abdulkarimni sotib olishi mumkin.

Taniqli insayder Fabrizio Romano bergan xabarlarga koʻra, "Barselona" Misrning "Al-Ahli" klubi markaziy hujumchisi Hamza Abdulkarimni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Manbaga koʻra, "koʻk-anorranglilar" birozgina sukutdan soʻng 18 yoshli futbolchi boʻyicha Misr klubi bilan muzokaralarni boshlagan. Qayd etilishicha, bir necha hafta oldin "Barselona" futbolchining oʻzi bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan. Futbolchi "Al-Ahli"ning asosiy jamoasida bor-yoʻgʻi 9ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu uchrashuvlarda Hamza birorta ham samarali harakatni amalga oshirdi.

Maʼlumot uchun, futbolchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 100 ming evroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q