"Barselona" MYu hujumchisiga qiziqib qoldi

  • 5 oktabr, 2024, 12:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida to‘p surayotgan hujumchisi faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Todofichajes portali xabariga ko‘ra, "Barselona" hujum chizig‘ini "Manchester Yunayted" forvardi Alexandro Garnacho bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Ayni damda 20 yoshli argentinalik futbolchining transfer narzi 50 million evroga baholanmoqda. Garnachoning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Garnacho oltita o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

"Barselona" esa La Liganing 8-turi natijalariga ko‘ra turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!