«Barselona»ni La Ligadan chiqarish kerak
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniya futbolida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Negreyra ishi» yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Mazkur ish doirasida «Barselona» sobiq hakamlar qo‘mitasi rasmiylariga pul to‘lab, hakamlar qarorlariga ta’sir ko‘rsatishda ayblanayotgani aytilmoqda. Madrid klubi bu borada o‘zlarida mavjud bo‘lgan bir qator hujjatlarni taqdim etdi va ularni korrupsiya sxemalarining inkor etilmas isboti, deb hisoblamoqda.
Mourinyo bu holatni 2006 yilda Italiyada yuz bergan «Kalchopoli» mojarosi bilan qiyosladi. O‘shanda «Yuventus» hakamlar bilan til biriktirgani uchun Seriya Adan chiqarib yuborilgan, unga bir qator jiddiy jazolar qo‘llangan edi. Mourinyoga ko‘ra, aynan shunday qat’iy choralar korrupsiya qarshi kurashishda to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Shu ma’noda u «Barselona» ham La Ligada qolmasligi kerakligini imo ishora bilan bildirdi.
«Faqat bitta gapni aytaman: men italyaliklarni “Kalchopoli” ishida tutgan pozitsiyasi uchun tabriklayman. Italiyada vaziyatni to‘liq va qat’iy tarzda o‘rganib, tegishli qaror qabul qilishdi. Ispaniyada esa, ochiqlangan barcha ma’lumotlarga qaramay, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek manzara yuzaga kelmoqda. Agar “Negreyra ishi” bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmasa, u jahon futboli tarixida hakamlikka oid eng yirik korrupsiya mojarosi sifatida qoladi», - deb ta’kidladi Mourinyo.

Fikrlar