Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Barselona»ning muhim transferi amalga oshmadi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Bernardu Silva «Atletiko» bilan kelishuvning yakuniy bosqichida, uning jamoaga o‘tishiga oz qoldi.

«Barselona» Bernardu Silvani olib kelish rejasini amalga oshira olmadi. Tomonlar muzokaralar davomida o‘zaro kelishuvga erisha olmagani haqida Kataloniya nashri - 3Cat xabar berdi.

Endi portugaliyalik yarimhimoyachi uchun eng real variant sifatida Madriddning «Atletiko» jamoasi ko‘rilmoqda. Manbalarga ko‘ra, klub va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan, kelishuvga erishish yaqin.

Avvalroq Bernardu Silvaga «Real» ham qiziqish bildirgan edi. Biroq hozirgi paytda «qirollik klubi» boshqa nomzodlarga ustuvor ahamiyat bermoqda, portugaliyalik futbolchi esa ularning transfer ro‘yxatida orqa planga surilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q