"Barselona" o‘z maydonida "Selta"ga yutqazib qo‘ydi (video)
Ispaniya La Ligasining 37-turida “Barselona” o‘z maydonida “Selta”ni qabul qildi.
“Kam Nou”dagi o‘yin kutilmaganda kataloniyaliklarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu kuni “Selta” safida Santi Mina (38', 89') dubl qayd etgan bo‘lsa, “Barsa”ning yagona goliga Lionel Messi (28') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar