
"Barselona" "Real"ning sobiq futbolchisiga ish bermoqchi
"Barselona" jamoasida jarohat olgan Mark-Andre ter-Shtegenning o‘rnini kim bosa olishi ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq, "Blaugrana"ning asosiy darvozaboni jiddiy jarohat olib, mavsum oxirigacha maydonga tusha olmasligi aniq bo‘lgan edi. Nemis posboni o‘rniga Kataloniya klubi hozirda jamoasiz bo‘lib turgan Keylor Navasni nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida "Deadlinedaylive" habar berdi.
Ma’lumot uchun, Kosta-Rikalik darvozabon shu yilning yozida PSJ bilan shartnomasi yakuniga etgach erkin agentga aylangan edi.
Fikrlar