«Barselona» va «Arsenal» «Chelsi»da Al’varesga o‘rnini bosadigan futbolchini tanladi
Londonning «Arsenal» klubi va Kataloniyaning «Barselona» jamoasi «Chelsi» hujumchisi Joao Pedro nomzodini ko‘rib chiqqan. Ular argentinalik forvard Xulian Alvares o‘rniga aynan shu futbolchini variant sifatida baholagan. Ma’lumki, madriddlik «Atletiko» Alvaresni jamoadan ketishiga ruxsat bermagan edi.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» ham, «siyoh-ko‘k-anorranglilar» ham braziliyalik hujumchini ancha vaqtdan beri kuzatib kelayotgan edi. Ammo Joao Pedro «Chelsi»da qolishni ma’qul ko‘rdi va klub bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.
Hozirgi kunda 24 yoshli futbolchining «pensionerlar» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar Pedroning transfer qiymatini taxminan 80 million yevro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsum Angliya premer-ligasida Joao Pedro to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, uchta gol urdi va yana uchta golga hal qiluvchi pas berdi.

Fikrlar