"Barselona" Xarri Keyn transferi bo‘yicha umidini yo‘qotmoqda

  • 03.06.2026 06:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yaqin kelajakda "Bavariya" hujumchisi Xarri Keynni o‘z safiga qo‘shib olishi qiyin bo‘lishi mumkin.

Catalunya Radio ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik forvard klub almashtirishni rejalashtirmayapti. U Myunxenda o‘zini baxtli his qilmoqda va "Bavariya"da qolish istagida.

Shu bilan birga, "Barselona"ning ayrim yuqori lavozimli vakillari 32 yoshli hujumchini olib kelish imkoniyatiga hali ham ishonishmoqda. U Robert Levandovskidan keyingi ideal voris sifatida ko‘rilmoqda.

Hozirgi shartnomaga ko‘ra, Xarri Keyning "Bavariya" bilan kelishuvi bir yildan keyin tugaydi. Biroq uning yaqin oylarda uzaytirilishi ehtimoli yuqori ekani aytilmoqda.

O‘tgan mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!