"Barselona" yozda Umtitidan butunlay qutimoqchi

  • 11.05.2023 17:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yozda A Seriya klubida ijara asosida o‘ynayotgan markaziy himoyachi Samyuel Umtitidan butunlay qutula olishiga ishonmoqda. Bu haqda "Sport" nashri xabar bermoqda.

Bu mavsumda frantsiyalik markaziy himoyachi “Lechche”dagi o‘yinlari bilan yaxshi taassurot qoldirmoqda. Samyuel o‘z jamoasining ligadagi so‘nggi 20 o‘yinidan 19 tasida maydonga tushgan. Top-seriya klublari allaqachon Umtitiga qiziqish bildirishgan.

29 yoshli mudofaa vakili "Barselona"ga qaytishga qarshi emas, ammo "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati endi unga ishonmaydi. Avvalroq futbolchiga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!