“Barselona” yulduzini ikki grand chaqiryapti

  • 25.01.2024 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” tarbiyalanuvchisi Pedri faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. 

Manbalarning ta’kilashicha, kataloniyaliklar iste’dodli yarim himoyachi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirganidan keyin Pedriga “Arsenal” va “Manchester Siti” ko‘z tika boshladi.

Fichajes nashri 21 yoshli o‘yinchining transferi qimmat ekanini ta’kidlamoqda.

Transfermarkt portali Pedrini 90 million evroga baholagan. Biroq moliyaviy inqirozdan chiqishga urinayotgan kataloniyaliklar o‘z futbolchisini 100 million evrodan qimmatga sotishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!