"Barselona"ga qaytgan Xavi 10 ta muhim qoidani joriy qildi

  • 10 noyabr, 2021, 11:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes Kataloniya klubida bir qator yangi qoidalarni joriy qildi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatmoqda.

Tecno

Quyida Xavi jamoaga kelgach, o‘rnatilgan 10 ta qoida bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

1_14

1. O‘yinchilar mashg‘ulotdan bir yarim soat oldin kelishi kerak. Maqsad - mashg‘ulotlarga tayyorlanish va har bir o‘yinchi bilan alohida suhbat.

2. Xodimlar mashg‘ulotdan ikki soat oldin kelishi kerak. Maqsad - o‘yinchilar kelganida mashg‘ulotni boshlash uchun hamma narsani tayyorlab qo‘yish.

3. Futbolchilar klub bazasida ovqatlanadi. Asosiy jamoa o‘yinchilari klubning ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislari tomonidan belgilangan parametrlarga muvofiq, oshxonada tushlik qilishlari kerak. To‘g‘ri ovqatlanish shikastlanishning oldini oladi va jismoniy tayyorgarlikni yaxshilaydi.

2_12

4. Jarimalar. Futbolchilar o‘zlarida nima bor va nima yo‘qligini biladigan darajada professional ekani haqiqat, lekin real hayotda ular belgilangan stsenariy bo‘yicha yurishi qiyin. Xavi “Barsa”da sobiq ustozi Xosep Gvardiola kabi qat’iy qoidalarni o‘rnatmoqchi. Bu tez orada o‘z samarasini berishi mumkin.

5. Eksponentsial sanktsiyalar. Jarimalar arifmetik emas, geometrik ritmda qayd etiladi. Bu shuni anglatadiki, agar futbolchi mashg‘ulotlarga kechiksa, eng engil jarima to‘laydi - 100 evro, ikkinchi marta - 200, uchinchisi - 400 va hokazo.

kou

6. O‘yindan 48 soat oldin uyga kech kelmaslik lozim. Agar jamoa o‘yiniga ikki kun qolgan bo‘lsa, futbolchi uyiga yarim tundan keyin kelishi taqiqlanadi. Chunki har bir futbolchi uchrashuvga eng yaxshi holatda etib kelishi kerak.

7. Meritokratiya. Siz xuddi mashq qilayotgandek o‘ynaysiz. Meritokratiya muvaffaqiyatga olib boradigan yagona yo‘ldir. Mashg‘ulotlar jarayonida eng zo‘r o‘ynaganlar va ishga qiziqish ko‘rsatganlargina maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qolganlar esa zaxira o‘rindig‘ida qoldiriladi yoki qaydnomaga ham kiritilmaydi.

5_9

8. Sportdan tashqari faoliyatni nazorat qilish. Futbolchilar boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari mumkin, ammo bu sayohat qilish yoki ushbu mashg‘ulotga ko‘p vaqt sarflash ularning faoliyatiga ta’sir qilsa, u holda ulardan voz kechishga va murabbiylar shtabi tomonidan nazorat qilinishiga to‘g‘ri keladi.

9. Taqiqlangan xavfli harakatlar. Siz endi syorfing bilan shug‘ullana olmaysiz yoki elektr velosipedda yura olmaysiz. Ushbu turdagi amaliyot juda jiddiy qoidabuzarlik sifatida jazolanadi va yuridik bo‘limga yuboriladi, chunki u shartnomani qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

6_2

10. Chiroyli muomala. Muxlislar klubning asosiy qismidir. Ularga nisbatan e’tirozli munosabat taqiqlanadi. Sayohat qilishda futbolchilar xulq-atvor qoidalariga rioya qilishlari kerak.

Nashrining yozishicha, "Barselona"da bu qoidalar 2017 yilda Luis Enrike ketganidan so‘ng, darhol bekor qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!