"Barselona"ning ikki futbolchisi mashg‘ulotlarga qaytishdi
"Barselona" futbolchilari Andreas Kristensen va Frenki de Yongning sog‘ligidagi ahvoli haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, Kristensen va de Yong "Real"ga qarshi uchrashuv oldidan umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Ularning ikkalasi ham "el-klasiko" da o‘ynashi mumkin. Eslatib o‘tamiz, bu ikki futbolchi ham virusli kasallik tufayli jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmayotgan edi.
Ma’lumot uchun, La Liganing 10 turida "Barselona" "Real Madrid" maydoniga safar qiladi. Bellashuv 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start oladi.
Fikrlar