Bartez, Zidan va Anri bir jamoada yig‘ildi (FOTO)
Frantsiyalik mashhur futbolchi Rober Pires faoliyati davomida birga to‘p surgan sobiq jamoadoshlaridan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra Pires quyidagi futbolchilarni tanladi: Bartez, Tyuram, Blan, Desayi, Koul, Jilberto Silva, Vieyra, Zidan, Kasorla, Anri, Bergkamp.

Ma’lumot uchun, Pires faoliyati davomida "Metts", "Marsel", "Arsenal", "Vilyarreal", "Aston Villa" va "Goa" klublarida to‘p surgan. Frantsiya terma jamoasi safida “JCh-1998” hamda “Evro-2000” g‘olibi bo‘lgan.



Fikrlar