"Bashakshehir" bosh murabbiyi Shomurodovni alohida e’tirof etdi!

  • 23.12.2025 01:00
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 17-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Gaziantep" jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nuri Shahin hamyurtimiz Eldor Shomurodovning o‘yiniga yuqori baho berdi.

"Men jamoaga kelgunimga qadar Shomurodov ko‘proq qanotda o‘ynatilgan. Biz esa uni markazda harakatlantiryapmiz. U “9-raqam” pozitsiyasida turli uslublarda o‘ynay oladi. Shomurodov Selkedan farq qiladigan hujumchi. Uning o‘yin intellekti juda yuqori. Biz unga ko‘proq erkinlik berdik va bu jamoaga katta foyda keltirmoqda. U juda sifatli futbolchi", — dedi Shahin.

Ma’lumot uchun, ushbu bahsda Eldor Shomurodov 1 gol va 1 assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Abbosbek Fayzullaev ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!