"Bashakshehir" Fayzullaev bilan bog‘liq vaziyatda penalti bo‘lganini ta’kidlamoqda
Turkiya kubogining A guruhi birinchi turi doirasida "Istanbul Bashakshehir" safarda "Galatasaroy:ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng klub rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali o‘yin bosh hakami Halil Umut Meler hamda VAR hakami Qodir Sog‘lom qarorlariga nisbatan e’tiroz bildirdi.
"Bashakshehir" Abbosbek Fayzullaev jarima maydonida yiqitilgan vaziyat aks etgan kadrni quyidagi so‘zlar bilan e’lon qildi:
"Maydonda — Umut, VARda — Sog‘lom! Bunday holatlarda penalti belgilanmasligi yana qancha davom etadi?"
Ma’lumot uchun, ushbu bellashuvda Abbosbek Fayzullaev zaxiradan maydonga tushdi. 90+2-daqiqada u raqib jarima maydoni ichida mezbonlar futbolchisi tomonidan yuziga berilgan zarbadan so‘ng yiqildi. Ammo hakam mazkur vaziyatda 11 metrlik jarima zarbasini belgilamadi.

Fikrlar