"Bashakshehir"ning joriy yildagi so‘nggi o‘yini uchun taxminiy tarkibi e’lon qilindi

  • 22.12.2025 12:02
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 17-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z uyida "Gaziantep" jamoasini qabul qiladi. Nuri Shahin boshchiligidagi jamoa  Turkiya Kubogida "Galatasaroy"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng chempionatda uch ochkoni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

Yaqinda Burak Yilmazni bosh murabbiy etib tayinlagan "Gaziantep" esa safardagi ushbu bahsda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilishni rejalashtirmoqda.

Fotomac nashri uchrashuv oldidan jamoalarning taxminiy asosiy tarkiblarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev bahsni ilk daqiqalardan boshlashi kutilmoqda.

"Bashakshehir": Muxammed, Onur, Duarte, Opoku, Omer Ali, Krespo, Umut, Shomurodov, Fayzullaev, Xarit, Selke.

"Gaziantep": Zafer, Tayyip, Abena, Semix, Peres, Kamara, Melix, Rodriges, Kozlovski, Bayo, Maksi

Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!