"Bavariya" 19 yoshli hujumchini nishonga oldi
"Bavariya" "Leyptsig" hujumchisi Yan Dyomande oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqida insayder Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, myunxenliklar vingerni yozda sotib olishni reja qilmoqda. Shuningdek, nemis grandi roʻyxatida "Kёln" vakili Said El-Mala ham bor. Avvalroq, "Leyptsig" rahbariyati Yanni 100 million evrodan kamiga sotmasligini maʼlum qilgandi.
19 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 65 million evroni tashkil etadi. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
Maʼlumot uchun, Dyomande joriy mavsum "qizil bukalar" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar