"Bavariya" etakchisi uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 07.02.2022 17:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer o‘ng oyoq tizzasidan operatsiya qilinganidan keyin bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. 

"Sky Sport Germany" jurnalisti Florian Plettenbergning fikricha, nemis futbolchi eng kamida 3-4 haftagacha, uzog‘i 6 haftani jarohati sabab o‘tkazib yuboradi.  

Shu bilan birga, 35 yoshli darvozabon bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etadi. Ayni damda uning o‘rnida Sven Ulrayx harakat qilishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!