“Bavariya” futbolchisi klubdan yig‘lab ketdi

  • 21.09.2020 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge  jamoada to‘p surgan Tyago Alkantara “Liverpul”ga ketishdan oldin ko‘ziga yosh olganini aytdi.

- “Bavariya”dan ketishdan oldin Tyago meni quchoqlab, kamida besh daqiqa yig‘ladi. Uning bizga munosabatini ko‘rib, mening ham ko‘zimga yosh keldi.

Tyago ajoyib inson va zo‘r futbolchi. Uning ketishi biz uchun juda katta yo‘qotish. Lekin biz uning qarorini hurmat bilan qabul qilishimiz kerak edi, - dedi Rummenigge.

Tyago Alkatara “Liverpul”ga 20 million funt evaziga ko‘chib o‘tdi. Shuningdek, myunxenliklarga 5 million funt miqdorida bonus ham to‘lab boriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!