"Bavariya" futbolchisi "Liverpul"dan taklif kutmoqda
"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tyago Alkantara faoliyatini APLda davom ettirmoqchi. Xavbek "Liverpul"ga o‘tishni intiqlik bilan kutmoqda. Bu haqda TMW xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi myunxenliklar uning transferi bo‘yicha "Liverpul" bilan muzokara o‘tkazishiga umid qilmoqda. Alkantaraning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili iyunda tugaydi.
Tyago Alkantara avvalgi intervyularining birida bu yili "Bavariya"ni tark etishi haqida aytgandi.
Fikrlar