"Bavariya" futbolchisi O'zbekistonga qarshi o'yinda maydonga tushadimi?

  • 01.06.2026 18:06
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Mundial mezbonlari safidan bir qator yetakchi futbolchilar o‘rin olgan. Biroq jamoa sardori, Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchisi Alfonso Devis jarohati sabab ushbu bahsni o‘tkazib yuboradi.

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh bu borada quyidagicha fikr bildirdi:

"Bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinida Alfonso Devisning yordamisiz harakat qilamiz. U son mushagidan olgan jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi. Devis Jahon chempionati uchun tarkibga kiritilgan, biroq hozircha to‘liq tiklanmagan. Shunga qaramay, u jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun biz bilan birga bo‘ladi", — dedi Marsh.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Kanada uchrashuvi ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 06:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!