"Bavariya" himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

  • 30.11.2023 19:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" top klublar qiziqish bildirayotgan Alfonso Devis bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar tarqatmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, kelishuvga erishish biroz qiyin bo‘ladi, chunki futbolchini "Real" o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Germaniya klubi Devis yangi bitimga rozi bo‘lmasa, uni 2024 yilda sotishni maqsad qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Alfonsoning jamoa bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. U mazkur mavsum "Bavariya" tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!