
"Bavariya" Ibragimovich bilan yangi shartnoma imzoladi
Ariyon Ibragimovich "Bavariya" bilan shartnomasini 3 yilga uzaytirdi.
Myunxenliklar jamoasi saytining xabar berishicha, 18 yoshli yarim himoyachi bilan yangi shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich o‘tgan mavsumni "Frozinone"da ijara asosida o‘tkazdi. Kelajakda u Vensan Kompani boshchiligidagi "Bavariya"ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘ladi.
Fikrlar