“Bavariya” futbolchi vafoti bo‘yicha bayonot berdi

  • 20.12.2025 13:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Myunxenning “Bavariya” klubi sobiq himoyachisi Peter Kupfershmidt hayotdan ko‘z yumdi. Myunxen klubi matbuot xizmati xabar qilishicha, sobiq futbolchi 83 yoshida vafot etgan.

- Bu xabardan juda qattiq qayg‘urdik. Peter Kupfershmidt – “Bavariya”ning barcha muvaffaqiyatlarii ta’minlab kelayotgan avlod bilan uzviy bog‘liq shaxslardan biridir. 1965 yilda klubning oliy ligaga chiqishi hozirgi yutuqlarning poydevori bo‘lgan.

Peter Kupfershmidt klubimiz tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Kim uning ismini eshitsa, doimo Bavariyaning bugungi darajadagi klubga aylana boshlagan davrini eslaydi.

Bizning fikr va duolarimiz uning oilasi, do‘stlari va yaqinlari bilan birga, - “Bavariya” klubi prezidenti Gerbert Xayner klubning rasmiy sayti orqali ta’ziya bildirib.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!