
"Bavariya" maqsadidan qaytmadi
"Bavariya" Urugvay terma jamoasi va "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo variantidan voz kechmoqchi emas. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, nemis klubi kataloniyalik futbolchi uchun 100 million evro berishga tayyor.
Manbaning qayd etishicha, Arauxo Myunxen grandi uchun yozgi transferlar oynasidagi eng ustuvor maqsad bo‘lib turibdi. "Qizillar" Ronaldni qo‘lga kiritish uchun ba’zi futbolchilarini sotishga ham tayyor. 25 yoshli himoyachi 2018 yildan beri "Barselona"da o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yilda tugaydi.
Ma’lumot uchun, janubiy ameriklik himoyachi joriy mavsum La Liganing 20 uchrashuvida qatnashib, bitta gol urdi.
Fikrlar