"Bavariya" muxlislari uchun xushxabar
"Bavariya" himoyachisi Lyuk Ernandes yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Frantsiyalik futbolchi bundesliganing 29 turi doirasida "Fortuna"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan edi.
Klub rasmiy matbuotiga ko‘ra, Ernandesning "Bayer"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushish imkoniyati so‘roq ostida qolmoqda.
Joriy mavsum avvalida nemis klubi safiga kelib qo‘shilgan himoyachi "Bavariya" libosida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar