"Bavariya" o‘z tarixidagi eng qimmat futbolchini "Real"ga sotishni xohlamadi

  • 25.05.2020 09:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Lukas Ernandes yozgi transferlar davrida jamoani tark etmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli frantsiyalik futbolchini “Real” sotib olish istagini bildirgan, ammo myunxenliklar ushbu taklifga rad javobini berishgan. Unga shaxsan “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.

“Bavariya” Ernandesni 2019 yilning yozida “Atletiko”dan 80 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!