
"Bavariya" Pochettinoni ko‘z ostiga olib qo‘ygan
Londonning “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin.
Sport1 nashri muxbiri Florian Plettenbergning tarqatgan xabariga ko‘ra agar Niko Kovach myunxenliklar bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilsa, rahbariyat aynan Pochettino nomzodini ko‘rib chiqadi.
Aytish kerakki, “Bavariya”ning “RB Leyptsig” klubi sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnik bilan aloqaga chiqqani haqidagi tarqalgan xabarlar haqiqatga yaqin emas.
Ma’lumot uchun, “Bavariya” ayni damda 9 ta turdan so‘ng Bundesliga musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar