"Bavariya" Sane bilan shartnomani uzaytiradi
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumkor yarim himoyachi Leroy Sane bilan yangi shartnoma imzolamoqchi, deya xabar beradi Sport Bild.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi bitim muddati 2025 yilning o‘rtalarigacha hisoblangan. Transfermarkt ekspertlari Leroyning narxini 70 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda vinger myunxenliklar safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Oldinroq "Arsenal" Saneni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, Sane Germaniya terma jamoasi tarkibida JChda harakat qildi, biroq Bundestim o‘z ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo‘ldi.
Fikrlar