"Bavariya" Sane uchun qancha mablag‘ taklif qilmoqchi?

  • 24 may, 2019, 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Myunxenning "Bavariya" klubi "Manchester Siti" vingeri Leroy Sanening transferi masalasida rasmiy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi 23 yoshli germaniyalik futbolchi uchun “shaharliklar”ga 79,5 mln evro to‘lashga tayyor. Biroq, hozircha ushbu taklif APL chempionini qoniqtiradimi yoki yo‘q hozircha noma’lum. Boisi, “Siti” uni 100 mln evroga baholayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Sane joriy mavsum “Manchester Siti” safida 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 18ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!