“Bavariya” “Siti”dan murabbiy oldi
Yaqingacha “Manchester Siti”da ishlab kelgan mutaxassis endi Bundesligada faoliyat yuritib, “Bavariya”da Vensan Kompaniya yordamchilik qiladi.
Bundesliga chempioni – Myunxenning “Bavariya” klubi rasmiy sayti orqali Xosep Gvardiola murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan mutaxassis Daniel Fredli bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.
- Myunxenga xush kelibsiz, Daniel!, - deb yozdi “Bavariya” matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Eslatib o'tamiz, “Bavariya” 2025-2026 yilgi mavsumda ham Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda. Myunxen jamoasi 15 ta o'yindan so'ng 41 ochko to'plagan. Ikkinchi o'rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” jamoasidan ustunlik 9 ochkoni tashkil qiladi.
Fikrlar