
“Bavariya” Tuxel o‘rniga boshqa murabbiy topdi
Sport.es saytining xabar berishicha, “Bavariya” rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan hamkorlik yakunlanganidan keyin jamoani Xabi Alonsoga topshiradigan bo‘ldi.
Ispaniyalik mutaxassis “Bayer”ni muvaffaqiyatli boshqarmoqda. Leverkuzenliklar joriy mavsumda “Bavariya”dan chempionlikni tortib olish uchun kurashyapti.
Aslida Xabi Alonso “Real” bosh murabbiyligiga ham asosiy nomzod sanalardi. Biroq madridliklar yangi yil arafasida Karlo Anchelotti bilan amaldagi shartnomani 2026 yilning yozigacha uzaytirdi.
Xabi Alonsoning ham hozirgi klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Shu bois, myunxenliklar uni olib keladigan bo‘lsa, leverkuzenliklardan bosh murabbiy shartnomasini sotib olishi talab etiladi.
Fikrlar