
"Bavariya" uning xizmatlaridan voz kechadi
"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Xavi Martines joriy mavsum yakunlangach jamoadan ketadi.
Sky Sport Deutschland tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis grandi 31 yoshli ispaniyalik futbolchining tez-tez jarohat olayotgani bois ham uni sotib yuborishga qaror qilgan. Martinesning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 13 mln evroga baholanmoqda.
Xavi Martines “Bavariya” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 232 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar