"Bavariya" ustozi: Biz Bremenda chempion bo‘lmoqchimiz

  • 16.06.2020 11:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bugun “Verder”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Bundesliganing 32-tur uchrashuvlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Biz chempionatning so‘nggi turlarida qanday o‘yin namoyish etgan bo‘lsa, Bremenda ham xuddi shunday o‘ynamoqchimiz. “Bavariya” faqat 3 ochko haqida o‘ylamoqda. Agar biz buni uddalay olsak, chempion bo‘lamiz va bu ikki karra yoqimli bo‘ladi. Shogirdlarim oldinga qo‘yilgan maqsadga erishmoqchi. Hozir hammasi o‘z qo‘limizda”, - deydi Flik.

Eslatib o‘tamiz, “Verder” – “Bavariya” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!