"Bavariya" vingeri Olise "Liverpul"ga o‘z shartini qo‘ydi

  • 25.03.2026 00:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" yarim himoyachisi Maykl Olise Angliya Premier-ligasiga qaytishi mumkin.

Indykaila News ma'lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining vakillari "qizillar"ga transfer amalga oshishi uchun jamoa joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi kerakligini ma'lum qilgan. Ayni paytda "Liverpul" APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Maykl Olise 2024 yilda "Kristal Pэlas"dan "Bavariya"ga 53 million yevro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi myunxenliklar safida barcha musobaqalar doirasida 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 16 ta gol va 27 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!