"Bavariya" yulduzini manchesterliklar sotib oladi
Jamoa o‘zgartiradigan vaqt keldi
Kanada terma jamoasi va myunxenlik «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devisga Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, «Bavariya» o‘zining tezkor flang himoyachisini jamoadа saqlab qolish tarafdori. Biroq klub rahbariyati Devisni mutlaqo sotilmaydigan futbolchi sifatida ko‘rmayapti. Katta moliyaviy taklif tushsa, myunxenliklar muzokara stoliga o‘tirishga tayyor ekani ta'kidlanmoqda.
25 yoshli Alfonso Devis 2019 yil yanvaridan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertizaga ko‘ra, kanadalik futbolchining bozor qiymati 45 million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)