“Bavariya” zo‘r futbolchi bilan xayrlashadigan bo‘ldi

  • 23.07.2024 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” rahbaryatini yozgi transferlar oynasi davrida marokashlik himoyachi Nusser Mazrauini sotib yuboradigan bo‘ldi.

Myunxenliklar 26 yoshli futbolchini 30 million evroga baholamoqda.

Nusser Mazraui aslida “Ayaks” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Niderlandiya chempionatida porlagan futbolchi ikki yil muqaddam katta umidlar bilan Bundesligaga kelgan edi.

“Bavariya” bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan himoyachi bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma tuzgan bo‘lsa-da, uni hozirning o‘zida qo‘yib yuborishga tayyor.

Mazraui o‘tgan mavsumda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta assist rasmiylashtirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!