"Bavariya"ga qarshi Messi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

  • 9 mart, 2023, 15:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Messi Chempionlar ligasida 150-uchrashuvini o‘tkazdi.

Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida "Bavariya" o‘z uyida PSJ bilan bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Bu to‘qnashuv argentinalik hujumchi Lionel Messi uchun Evropaning eng nufuzli klublar o‘rtasidagi futbol turniri - Chempionlar ligasidagi 150-yubiley uchrashuv bo‘ldi. Messi musobaqa tarixida shunday ko‘rsatkichga erishgan uchinchi futbolchiga aylandi.

Leodan oldinda faqat ikkita futbolchi bor: Krishtianu Ronaldu 178 ta va Iker Kasilyas 176 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!