
"Bavariya”ga qarshi o‘yin oldidan PSJda jiddiy yo‘qotish mavjud
PSJ futbolchisi Lionel Messi Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin.
Argentinalik hujumchi Frantsiya kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan “Marsel”ga qarshi bahsda jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. U parijliklarning “Manako” bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinida maydonga tushmaydi, deya xabar berdi “L’Equipe” nashri.
Messining kelajagi aynan ChL nimchorak finalidan keyin hal bo‘lishi haqida mish-mishlar mavjud. U ushbu uchrashuvdan keyin PSJ bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Fikrlar