
Baxmalda 5 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar yakuniga etdi
2019 yil 13 aprel kuni Baxmal tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi o‘yingohi va Baxmal Ijtimoy-iqtisodiy va pedogogika kasb-xunar kollejida sportning 5 ta turidan musobaqa tashkil etildi.
Musobaqalar oldidan yoshlar bilan badantarbiya mashqlari o‘tkazildi. Musobaqada Jizzax viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbar xodimlari, Jizzax viloyati “Yoshlar Itiffoqi” kengashi rahbariyat, O‘zbekston MTRKsining “Sport” telekanali jurnalistlari hamda Respublika Jismoniy tarbiya sport vazirligi ma’sul xodimlari, Baxmal tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi xodimlari, Baxmal tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi xodimlari ishtirok etishdi.
Bellashuvlar ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, qo‘yidagi o‘rinlar qayd etildi.
Futbol turi bo‘yicha
1-o‘rin: G‘allaorol tumani
2-o‘rin: Sh.Rashidov tumani
3-o‘rin: Baxmal tumani
Gandbol turi bo‘yicha
1-o‘rin: Baxmal tumani
2-o‘rin: Sh.Rashidov tumani
3-o‘rin: Baxmal-2 jamoasi
Kurash turi bo‘yicha
1-o‘rin: Baxmal tumani
2-o‘rin: G‘allaorol tumani
3-o‘rin: Sh.Rashidov tumani
Taekvondo turi bo‘yicha
1-o‘rin: Baxmal tumani
2-o‘rin: Sh.Rashidov tumani
3-o‘rin: G‘allaorol tumani
Marafon yugurish (14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar)
1–2–3–o‘rinlar G‘allarol tuman BO‘SM jamoalariga nasib etdi.
Musobaqalarda jami 500 dan ziyod yoshlar faol ishtirok etishdi. G‘olib jamoalar Baxmal tuman BO‘SM, Baxmal tuman JTSB va Baxmal tuman “Yoshlar Itifoqi” kengashi tamonidan medal, diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Fikrlar