Baxtiyor Qosimov yangi klubga o‘tdi
Pro ligadan Superligaga chiqqan "Qo‘qon-1912" jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti.
Bu safar Baxtiyor Qosimov transferini e’lon qilishdi.
Bilsangiz kerak, u o‘tgan mavsumning birinchi qismida OKMK safida o‘tkazgan va mavsumni "Qizilqum"da yakunlagan. 2024 yilgi mavsumda Qosimov hammasi bo‘lib 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Baxtiyor Qosimov haqida qisqacha:
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Pozitsiyasi: yarim himoya
To‘p surgan jamoalari: OKMK, "Al-Xor" (Qatar), "Surxon", "Andijon", "Qizilqum".
Fikrlar