Baxtsiz hodisadan so‘ng Entoni Joshuaning ahvoli haqida tafsilotlar ma'lum qilindi

  • 30.12.2025 11:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Nigeriyaning Ogun shtati hukumati boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

"Entoni Joshua va yana bir yo‘lovchi darhol Lagosdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga evakuatsiya qilindi. Keng qamrovli klinik tekshiruvdan so‘ng, shifokorlar ikkala bemorning ham ahvoli barqaror ekanini va shoshilinch tibbiy aralashuvga muhtoj emasligini tasdiqlashdi. Jabrlanganlarni diqqat bilan kuzatib borish uchun maxsus tibbiy guruh tuziladi", - deyiladi BBC tomonidan keltirilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu avtohalokat natijasida Joshuaning murabbiylari - Kevin Latif va Sina Gxami vafot etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!