
"Bayer" o‘z maydonida "Nitstsa" darvozasiga 6 ta gol urdi (video)
UEFA Evropa ligasi guruh bosqichining 1-turida “Bayer” o‘z maydonida “Nitstsa”ga qarshi bahs olib bordi.
“Bay Arena”da kechgan bellashuv 6:2 hisobida “dorishunoslar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida gollarni Nadim Amiri (11'), Lukas Alario (16'), Mussa Diabi (61'), Karim Belarabi (79', 83') va Florian Virts (87') kiritdi. Mehmonlarning gollariga Amin Guiri (31') va Aleksis Klod (90') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar