Behruzbek Rustamov Abu-Dabini lol qoldirdi. U MMA bo‘yicha jahon chempioni!

  • 7 avgust, 2024, 17:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridan xushxabarlar kelishda davom etmoqda. Aytib o‘tganimizdek ushbu shaharda MMA bo‘yicha  o‘smir-yoshlar o‘rtasida jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Bir necha daqiqalar avval Shahboz Abduhakimov jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, hozirgina yakuniga etgan final jangida ukrainalik raqibi Andri Taranni mag‘lub etgan vakilimiz Behruzbek Rustamov oltin medalni qo‘lga kiritishi bilan birga jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Behruz 14-15 yosh toifasida 52 kgda oktagonga ko‘tarildi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, barcha raqiblarini taslim etdi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta medalni qo‘lga kiritishga ulgurdi. Ularning 3 tasi oltin 1 tasi kumush va 2 tasi bronza.Turnir davom etmoqda. 

Ma’lumot uchun, Behruzbek Rustamov Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan va Muzaffar Xudoyqulovning shogirdi hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!