Bektemir bilan bir boks oqshomida debyut qilgan kichik Xolifild ajoyib natija qayd etdi

  • 03.11.2019 13:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Las-Vegasdagi boks oqshomida, birinchi og‘ir va og‘ir  vazn toifasidagi afsonaviy jahon chempioni Evander Xolfildning o‘g‘li, 22 yoshli Evan Xolifild ham profi ringda o‘z debyutini o‘tkazdi. U birinchi o‘rta vazn toifasida  yurtdoshi Nik Uinstedga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang atiga 16 sekund davom etdi. Evan dastlabki soniyalardanoq oldinga tashlanib raqibiga ketma-ket zarbalar yo‘llash orqali raqibini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Garchi, Nik qarshi bo‘lgan bo‘lsada, referi jangni to‘xtatishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!