Bektemir Meliqo‘zievga jahon chempioni unvoni uchun jangda raqibni engish yo‘li ko‘rsatildi
Boxingnews24.com nashri O‘zbekistonlik da’vogar Bektemir Meliqo‘zievning WBA versiyasi bo‘yicha super o‘rta vazn chempioni, meksikalik Xayme Mungiaga qarshi ehtimoliy jangda qaysi taktika unga yutuq keltirishi mumkinligi haqida tahlil berdi.
WBA ushbu jangni rasmiy tayinladi. Tomonlarga muzokaralar o‘tkazish uchun 30 kunlik muddat berilgan. Mungia uchun Meliqo‘zievga qarshi jang chempionlik kamarini majburiy himoya qilish hisoblanadi.
Nashr yozishicha, Meliqo‘zievning asosiy kuchi — og‘ir zarbalar va uzluksiz korpusga ishlash. 2016 yildagi Olimpiya o‘yinlari sovrindori chapaqay jangchi, raqib haddan tashqari hujumga berilib ketishini kutadi va shu paytda chap qo‘l bilan to‘g‘ri zarba yo‘llaydi.
Aynan shu to‘g‘ri chap zarba Mungiaga qarshi eng katta qurolga aylanishi mumkinligi ta’kidlanadi. Tixuana shahridan bo‘lgan bokschi oldinga katta tekis harakatlar bilan hujumga o‘tganida, oldingi yelkasin tushirib, qo‘l tirsaklarini keng yoyib yuboradi. Shu bois uning himoyasi ochilib qoladi va raqibga markazdan to‘g‘ri zarba berish uchun qulay yo‘lak ochiladi. „Kanelo“ aynan shu nuqsondan foydalangandi: qisqa qarshi apperkot bilan Mungianing himoyasini yorib o‘tib, uni nokdawnga yuborgan.
Qayd etilishicha, Mungia bo‘y va qo‘l uzunligida ustun, ammo bu afzallik unga foyda bermaydi, agar u djebdan voz kechib, yaqin masofadagi urushga kirishsa. Meliqo‘ziev raqibning aynan uning oldida to‘xtab qolishini yoqtiradi. U katta tekis zarbalar ostiga sho‘ng‘ib, oyoqlarini qulay holatga qo‘yadi va qabrgalarga qattiq huklar yo‘llaydi. Shu bois Mungia uchun eng ma’qul taktika — uzoq masofadan qattiq djeb bilan ishlash va o‘rta masofada ochiq almashinuvlarga yo‘l qo‘ymaslikdir. Biroq bunga erishish uchun har bir raundda intizomni saqlash talab etiladi — Mungia esa bu fazilatni tez-tez namoyon eta olmaydi. U zarba qabul qilgan zahoti deyarli doim katta tekis, uzoq seriyalar bilan javob qaytaradi.
Maqolada ta’kidlanishicha, Meliqo‘zievning ham kamchiliklari bor. 2021 yilda Gabriel Rosado uni haddan tashqari oldinga intilish paytida qarshi olib, bitta o‘ng qo‘l zarbasi bilan og‘ir nokautga uchratgan. Mungia zarba faolligi jihatidan bu zaif tomondan foydalanа oladi, ammo yaqin masofadagi ochiq almashinuvlar jangni „kimning iyagi mustahkamroq“ degan ochiq to‘qnashuvga aylantirib yuborishi mumkinligi qayd etilgan.

Fikrlar