Bektеmir Mеliqо‘zіеv vaznida 2 ta chempionlik jangі bo‘lib o‘tadi
Javohir Malikov
Bizni super janglar kutmoqda
31 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks oqshomi o‘tkaziladi.
Kechaning markaziy to‘qnashuvida meksikalik Saul "Kanelo" Alvares va fransiyalik Kristian Mbili super o‘rta vaznda WBC kamari uchun o‘zaro ringga ko‘tariladi.
Shuningdek, ushbu oqshomda super o‘rta vaznda WBA chempioni Xayme Mungiya ham Rossiya vakili Nikita Zondan kamarini himoya qilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, taniqli charm qo‘lqop ustamiz Bektemir Meliqo‘ziev super o‘rta vaznning WBA reytingida birinchi, WBC reytingida esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, vakilimiz 2027 yilning birinchi yarmida WBA kamari uchun jang qilishi mumkin.

Izohlar (0)